Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

160 ming aholiga uydan chiqmaslik buyrug‘i berildi

160 ming aholiga uydan chiqmaslik buyrug‘i berildi

Shanba kuni Ispaniyaning Barselona viloyatidagi Vilanova i la Geltru shahridagi sanoat ob’ektida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida havoga zaharli xlor gazi tarqaldi.

160 mingdan ortiq aholiga hodisadan so‘ng uylarini tark etmaslik tavsiya qilindi, deb xabar bermoqda AFP agentligiga tayanib.

Viloyat yong‘in xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in suzish havzasini tozalash vositalari saqlanadigan binoda sodir bo‘lgan. Fuqaro muhofazasi xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali aholini ogohlantirdi:

"Agar siz zararlangan hududda bo‘lsangiz, uyingiz yoki ish joyingizdan chiqmang."

Xavf zonasi Vilanova i la Geltrudan Tarragona yaqinidagi Kalafell qishlog‘igacha bo‘lgan beshta munisipalitetni qamrab oladi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, biroq voqea joyiga maxsus texnika jalb qilingan va yong‘in nazoratga olingan. Yong‘in xavfsizligi xizmati havoga tarqalgan gaz bulutining zaharlilik darajasini kuzatishda davom etmoqda.

Bu haqda sanoat mulki egasi Xorxe Vinuales Alonso mahalliy RAC1 radiostansiyasiga ma’lum qildi

"Xlorni yoqish juda qiyin, lekin u alangalangandan keyin uni o‘chirish ham juda qiyin".

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inga lityum batareya sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, vaziyat kuzatilmoqda.

Kiritildi: 07:46 11.05.2025. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!