Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

16 yoshli Yamal Ispaniya - Fransiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

A A A
16 yoshli Yamal Ispaniya - Fransiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Evro-2024 doirasidagi Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi.

Ispaniya yarim finalda Fransiyani mag‘lub etib (2:1) turnirning ilk finalchisiga aylandi.

Lamin Yamal UYEFA tomonidan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi. "Barselona" sharafini himoya qilayotgan 16 yoshli ispaniyalik vinger 21-daqiqada yuqori burchakka uzoq masofadan zarba berib, hisobni tenglashtirdi. Yamal Yevropa chempionatidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.

Maydonda o‘tkazgan 89 daqiqada Yamal raqib darvozasiga uch marta zarba berdi va 9,9 km yugurib, maksimal 32,1 km/soat tezlikka erishdi.

Kiritildi: 03:27 10.07.2024. O'qildi: 1966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!