“Termiz aeroporti” chegara bojxona postiga xorijga uchish uchun kirib kelgan fuqaro G.B. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada fuqaroning kiyimi cho‘ntaklarida yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, jami16 ming 900 AQSh dollari (bugungi kurs bo‘yi 184 million 545 ming 296 so‘m) naqd xorijiy valyutasini O‘zbekiston Respublikasidan noqonuniy olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 yanvardagi 66-son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi. Bunda 70 000 000 so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi naqd chet el valyutasi uchun yo‘lovchi bojxona deklarasiyasi to‘ldirilishi shart.