AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, yaqin haftalar ichida xorijiy kompaniyalarga mamlakatda biznes yuritishning yangi shartlari bo‘yicha xabarnomalar yuboriladi.
Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
"Shunday qilib, ikki-uch hafta ichida... umuman olganda, AQShda biznes yuritish uchun qancha to‘lash kerakligi ochiq aytiladigan xatlarni jo‘natishni boshlaydilar," - deya AQSh prezidentining so‘zlarini keltiradi agentlik.
Trampning ta’kidlashicha, ayni vaqtda 150ga yaqin davlat AQSh bilan bitim tuzish niyatida, biroq barcha xohlovchi davlatlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun jismoniy imkoniyat yo‘q.