Rossiya o‘tgan hafta prezident Tramp va vise-prezident Vensning prezident Zelenskiyni ommaviy ravishda tanqid qilganidan so‘ng "bayram kayfiyatida".
Rossiya matbuoti o‘tgan juma kuni AQSh prezidenti va vise-prezidentining Ukraina prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan keskin uchrashuvidan keyin "bayramona" kayfiyatda.
BBCning Moskvadagi Rossiya bo‘yicha muharriri Stiv Rozenberg korporasiyaning "Newshour" radio dasturiga shunday dedi: "Bu yerdagi rus gazetalarini o‘qisangiz, ularning bayramona kayfiyatda ekanligini ko‘rasiz".
Rossiyalik siyosatchi Vyacheslav Nikonov "Moskovskiy komsomoles" gazetasiga bergan intervyusida: "G‘arb tizimi qarta uyidek qulab bormoqda", dedi.
Xuddi shu gazetada bir olimning so‘zlari keltirilgan: "Rossiya o‘zining g‘arazli quvonchini yashira olmayapti".
Janob Rozenberg, shuningdek, Rossiyaning Prezident Tramp va vitse-prezident Vensning Prezident Zelenskiyga nisbatan og‘zaki hujumini yoritganini ta’kidladi: "Donald Tramp Rossiya davlat televideniyesining haftalik yangiliklar sharhini ko‘rishiga shubha qilaman. Ammo u boshlovchi Dmitriy Kiselevning juma kungi Oval kabinetdagi voqealarga bergan bahosini ma’qullagan bo‘lardi: "Tramp mardlarcha harakat qildi... Tramp Vensni sherdek himoya qildi... Tramp xuddi shaxmat grossmeysteriga o‘xshardi..."
Moskva Keir Starmerning dam olish kunlari Londonda o‘tkazilgan sammitidan tashvishlanmayapti.
"Ruslar London sammitiga juda befarq munosabatda bo‘lishdi," dedi u.
"Menimcha, ular Fransiya, Buyuk Britaniya va Ukraina qanday tinchlik rejasini taklif qilmasin, baribir Donald Trampdan o‘tmaydi, deb o‘ylashmoqda."
"Menimcha, rossiyaliklar Moskva Tramp ma’muriyati bilan Vashington o‘rtasida yangi munosabatlar o‘rnatayotganiga ishonadi va Donald Tramp Ukraina yonida turishdan ko‘ra Rossiya bilan bu munosabatlarni o‘rnatishni afzal ko‘radi," - deya qo‘shimcha qildi u.