Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

13 yil o‘tib Damashqda Qatar elchixonasi qayta ochildi

13 yil o‘tib Damashqda Qatar elchixonasi qayta ochildi

Qatar oradan 13 yil o‘tib, Damashqdagi, fuqarolar urushi boshlanganda yopilgan elchixonasini qayta ochdi. Bu voqea xorijiy hukumatlar ushbu arab davlatining yangi hukmdorlari bilan aloqa o‘rnatishga intilayotgan bir paytda yuz berdi.

“Arab News” nashri yozishicha, Qatar Prezident Bashar Al-Asad hokimiyatdan ag‘darilgach, Suriyada Turkiyadan keyin rasman elchixona ochgan ikkinchi davlat hisoblanadi.

Ayrim arab o‘lkalaridan farqli o‘laroq, fuqarolar urushi paytida muxolif guruhlar yonini olgan Qatar Asad ag‘darilishidan oldin munosabatni tiklashga harakat qilmagan.

Bir necha kun oldin Doha o‘tish davri hukumati bilan uchrashish uchun Damashqqa diplomatik delegasiya yubordi. Missiyamiz “Doha Suriya xalqini qo‘llab-quvvatlashga to‘liq sodiqligini bildirdi”, degan qatarlik diplomat.

Evropa Ittifoqi ham Damashqdagi diplomatik missiyasini davom ettirishga tayyorligini bildirdi, Buyuk Britaniya, Fransiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari Asad hokimiyatdan ag‘darilgach. Suriya poytaxtiga delegasiyalarini yuborgan. Ayni payt Damashqdagi Parij elchixonasi tepasida Fransiya bayrog‘i ko‘tarilgan, biroq mamlakatning Suriya bo‘yicha maxsus vakili missiya “xavfsizlik talablari bajarilmaguncha” yopiq qolishini aytdi.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!