O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechqurun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27, ayrim joylarda 30 darajagacha iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi tumanlarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
13-14 oktyabr kunlari Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
Joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy, 14-17 oktyabr kunlari esa qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
13-17 oktyabrda havo harorati kechasi 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
13-15 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.