Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi «Chorvoq» erkin turistik zonasida mehmonxona qurayotgan tadbirkorga yer solig‘i imtiyozini qo‘llashni rad etish harakatini qonunga xilof deb topdi. Biznes-ombudsman bu haqda ma’lum qildi.
Korxona 2021 yilda zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Loyihaga 168 mlrd so‘mdan ortiq, taxminan 13 mln dollar kiritilgan – bu investisiya bitimidagi 10 mln dollarlik majburiyatdan ko‘p.
Imtiyoz mehmonxona qurilishi tugallanmagani sababli rad etilgan. Biroq ob’ektni qurib bitkazish muddati 2028 yil 30 yanvar etib belgilangan. Biznes-ombudsman sudda qurilishning davom etayotgani imtiyozni avtomatik rad etish uchun mustaqil asos emasligini ta’kidlagan.
2026 yil 6 oktyabrdagi sud qarori bilan Soliq qo‘mitasiga tadbirkorning murojaatini qayta ko‘rib chiqish majburiyati yuklatilgan.