Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

A A A
13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” AJ mas’ul shaxslari “Zarband (1978)” marmar konining kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan tashqarida o‘zboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olib, tabiiy ob’ektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:05 24.04.2024. O'qildi: 6464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!