Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

12 maydan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifi haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak — Rossiya prezidenti matbuot kotibi

12 maydan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifi haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak — Rossiya prezidenti matbuot kotibi

"Bu haqda o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Bizning o‘z pozisiyamiz bor. Biz muloqotga hamda Ukrainadagi mojaroni hal qilish yo‘lidagi harakatlarga ochiqmiz. Donald Tramp ma’muriyati tomonidan vositachilik qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qadrlaymiz. Biroq bizga bosim o‘tkazishga urinish — foydasiz. Rossiya sanksiyalardan qo‘rqmaydi, chunki allaqachon bizga qarshi ko‘plab sanksiyalar joriy etilgan", — dedi Dmitriy Peskov CNN'ga bergan izohida.

Kreml matbuot kotibi, shuningdek, Moskva hozircha Yevropa tomonidan Rossiya bilan munosabatlarni tiklashga tayyorlikni sezmayotganini aytdi.

"Biz Yevropadan ko‘plab ziddiyatli bayonotlarni eshitmoqdamiz. Bunday bayonotlar o‘zaro munosabatlarimizni tiklashga yo‘naltirilmagan, balki qarama-qarshilik kayfiyatidagi bayonotlardir", — dedi Peskov jurnalistlarga.

Bundan tashqari Germaniya kansleri Fridrix Mers agar bu Ukraina urushini tugatishga yordam bersa, Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashishi mumkinligini aytgan edi.

Bu bayonotni sharhlar ekan, Peskov Rossiya prezidenti har qanday davlat yetakchisi bilan aloqa o‘rnatishga tayyor ekanini va "etakchilar o‘zlari tayyor bo‘lgan darajada muloqot va hamkorlikka ochiqligini" ta’kidladi.

Kiritildi: 23:13 10.05.2025. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!