Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

12 maydan boshlab kamida 30 kun davomida to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish boshlanishi kerak - Zelenskiy

12 maydan boshlab kamida 30 kun davomida to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish boshlanishi kerak - Zelenskiy

Kiyevga tashrif buyurgan Yevropa rahbarlari bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida so‘zlar ekan, Ukraina prezidenti shunday deb ma’lum qildi, deya xabar bermoqda "Ukrinform".

"Biz birgalikda Rossiyadan [o‘t ochishni to‘xtatishga rozilik berishni] talab qilmoqdamiz. AQShning bizni qo‘llab-quvvatlayotganini bilamiz. So‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish degani - hech qanday shartlarsiz to‘xtatish demakdir. Har qanday shartlarni ilgari surish urinishi urushni cho‘zish va diplomatiyani barbod qilish niyatidan dalolat beradi. O‘t ochishni to‘xtatish havoda, dengizda va quruqlikda keng qamrovli bo‘lishi shart," - dedi Ukraina prezidenti.

X’da Zelenskiy Yevropa rahbarlari bilan uchrashuv yakunlarini sarhisob qilar ekan, o‘t ochishni to‘xtatish "chinakam diplomatiya imkoniyati tug‘ilishi uchun yetarli muddat"ga bo‘lishi lozimligini qo‘shimcha qildi. "Barchamiz bir fikrdamiz: urush munosib tinchlik bilan yakunlanishi kerak," - deya xulosa qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 07:58 11.05.2025. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!