Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

12 fevral kuni poytaxtning ikki tumanida gaz o‘chiriladi

12 fevral kuni poytaxtning ikki tumanida gaz o‘chiriladi

Toshkent shahar Sergeli-8a mavzesidagi yerosti gaz quvurlarini qayta qurish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 12 fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

Sergeli tumani

  • Aholi iste’molchilari: “Sohibkor”, “Yangi Sergeli”, “Ezgulik”, “Madadkor”, “Ziyrat”, “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Saxovat”, “Qipchoq”, “Nurhayot”, “Ittifoq”, “Nilufar” MFYlaridagi 347 ta ko‘p qavatli uylardagi 18 953 ta xonadon;
  • “Daryo bo‘yi”, “Sofdil”, “So‘g‘diyona” MFYlaridagi 4072 ta yerli xonadon.

Yangihayot tumani

  • Aholi iste’molchilari: “Yo‘ldosh”, “Mash’al”, “Yangi turmush”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Choragon”, “Chorbog‘”, “Viktor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Toshkent”, “Fayzli” MFYlar ko‘p qavatli uylaridagi 12 559 ta xonadon va 3711 yerli xonadon.

“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:36 09.02.2024. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!