Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

11 kishiga erga tekkan ayol toshbo‘ron qilindi

A A A
11 kishiga erga tekkan ayol toshbo‘ron qilindi

Somalida 30 yoshli Shukri Abdullohim Varsam toshbo‘ron qilingan. U eri bo‘la turib yashirin ravishda 11 ta erkakka turmushga chiqqanlikda ayblangan.

“Milli.az” saytining AQSh nashriyotiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, terrorchi “Al-Shabab” guruhi Shariat mahkamasi uni zinokorlikda ayblab, qatl hukmiga qaror bergan. Qatl Quyi Shabella viloyatidagi Sablale shaxrida ijro etilgan. 9 kishi mahkamada guvohlik bergach, Shukrining yashirin nikohlari oshkor bo‘lgan va toshbo‘ron qilib o‘ldirilgan. Shukrining asl eri xotinining noqonuniy nikohlaridan bexabar bo‘lgan.

Kiritildi: 01:15 12.05.2018. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik