“101” raqamli " Gentra". Uning "qochoqlik" tarixi 10 ta muddati o‘tgan ma’muriy jarima bilan boshlangan. 10 ta jarima, 10 ta "qochoqlik" sahifasi. U qonundan yashirinishga, o‘z "erkinligi"ni saqlab qolishga harakat qilgan.
Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor qidiruv boshlandi. " Gentra"ning "qochoqlik" tarixi ham shu yerda o‘z nihoyasiga yetdi. U topildi.
"Qochoqlik"ning oxiri jarima maydonchasida bo‘ldi. “101”raqamli " Gentra" o‘z "erkinligi"ni yo‘qotdi, lekin qonun oldida javobgarlikka tortildi.
Jarimalarni o‘z vaqtida to‘lash, "qochoqlik"dan saqlanishni eslatib qo‘yadi.
Chunki, har bir "qochoqlik"ning oxiri jarima maydonchasida bo‘lishi mumkin.