Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

100 yoshli haydovchi avtohalokatga uchraganini bilmay qoldi

A A A
100 yoshli haydovchi avtohalokatga uchraganini bilmay qoldi

Riga polisiyasi yo‘l harakati hodisasi sodir etib, voqea joyidan yashiringan haydovchini qo‘lga olganida hujjatlariga ko‘ra uning yoshi 100 da ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Qirmizi rangdagi «Mazda» egasi avtohalokat joyidan yashirinmaganini, aksincha «Mercedes-Benz»ga borib urilganini hatto sezmaganligini ham ma’lum qildi. Hozircha nemis mashinasining egasi topilganicha yo‘q. Uning 100 yoshli haydovchiga qanday da’vosi borligi ham hozircha ma’lum emas.

Ilgari fransuz departamenti jandarmlari Lo va Garonlar tezligini soatiga 160 kilometrga chiqargan «Renault Twingo» haydovchisi bo‘lmish 85 yoshli ayolni tutishga muvaffaq bo‘lishgandi. Tezlikni oshirganiga u juda shoshib turganini sabab qilib keltirgan.

O‘tgan yili Belgiyada esa 79 yoshli bir insonning haydovchilik guvohnomasi uch oyga olib qo‘yilgan edi. U o‘zining «Porsche»sida tezlikni soatiga 238 kilometrga chiqargani uchun jazolangan.

segodnya. ua

Kiritildi: 03:58 19.05.2018. O'qildi: 1261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!