Krasnodarda o‘z bo‘linmalarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan 100 ga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchi harbiy komendatura hududidan qochishga harakat qilgan.
Bu haqda Baza Telegram-kanali xabar bermoqda.
Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy komendaturaning o‘rab olingan uchastkalaridan birida Ukrainadagi urushda ishtirok etganidan so‘ng qismni o‘zboshimchalik bilan tark etgan harbiy xizmatchilar saqlanmoqda. 18 aprel kuni kechqurun ularning yuzga yaqini to‘siqni buzib, komendaturaning o‘ziga kirib olgan.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qochqinlar qurolsiz bo‘lgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q," - deya aniqlik kiritadi Baza.
Ulardan birortasi hududni tark etishga erishgani hali noma’lum.
Joyni Rosgvardiya askarlari va polisiya qurshab olgan.