Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

100 mln funtdan ortiq boylikka ega aktyor farzandlarini merossiz qoldirishga qaror qildi

100 mln funtdan ortiq boylikka ega aktyor farzandlarini merossiz qoldirishga qaror qildi

Jeyms Bond roli bilan mashhurlikka erishgan Gollivud aktyori Deniel Kreyg 2018 yilda Sunday Times versiyasi bo‘yicha ilk bor dunyoning eng boy insonlari qatoridan o‘rin olgan. O‘sha vaqtda Kreyg 125 million funt sterling jamg‘arishga ulgurgan. Ammo bu pullarning bir senti ham uning farzandlariga nasib etmaydi, deb xabar beradi Hellomagazine.

«Keyingi avlod vakillariga katta mablag‘ qoldirishni istamayman. Meros — u qadar yoqimli narsa emas. Shu sababli bu boradagi falsafam: vafot etgunimga qadar barcha pullarni ishlatib yoki shunchaki tarqatib yuborish. Buning ustiga ‘Boy holda o‘lsangiz, omadsizlikka yuz tutasiz’, deb bekorga aytishmaydiku», — deydi aktyor.

Eslatib o‘tamiz, Deniel Kreyg — ikki qizning otasi. 28 yoshli Ella ismli qizi sobiq turmush o‘rtog‘i Fiona Laudondan. Ikkinchi qizini Reychel Vays dunyoga keltirgan bo‘lib, 2018 yilda tug‘ilgan, biroq haligacha uning ismini sir saqlab kelishadi.

Ta’kidlash kerakki, Deniel Kreyg o‘z farzandlarini merosdan mahrum qilgan yagona mashhur emas. Masalan, Microsoft asoschisi Bill Geyts ham milliardlab dollarini xayriyaga sarflamoqda. Shuningdek, Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg hamda eBay asoschisi Pyer Omidyar ham xuddi shunday yo‘l tutgan. «Yulduzlar jangi» rejissyori va Pixar kinostudiyasi asoschisi Jorj Lukas o‘z boyligini (5 milliard dollarga yaqin) ta’limni yaxshilashga yo‘naltirishini va’da qilgan.

Kiritildi: 04:00 24.03.2020. O'qildi: 3590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!