Samarqandda 45 yoshli erkak 10 yoshli jiyani orqali 1,5 yil davomida jinsiy ehtiyojini qondirib kelgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Jomboy tuman sudida ushbu ish ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 28 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudida T.N. (1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, oilali, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi A.Abdurazzakov raisligida JPKning 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq T.N. JKning 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.