Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

10 sentyabrdan issiq suv va issiqlik ta’minoti narxi ko‘tariladi

10 sentyabrdan issiq suv va issiqlik ta’minoti  narxi ko‘tariladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan 10 sentyabrdan issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari o‘zgaradi.

Hujjat bilan viloyat «Issiqlik ta’minoti» MCHJ, «Angren shahar issiqlik ta’minoti» MCHJ, Chirchiq shahar «Issiqlik ta’minoti» MCHJ, «Olmaliq shahar issiqlik ta’minoti» MCHJning iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi o‘zgarmoqda.

Xususan, «Issiqlik ta’minoti» aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun 102 810,4 so‘m/Gkal (QQS bilan) narxni taklif etmoqda. Hozirda u 93 464 so‘mni tashkil etadi. Yuridik shaxslar uchun esa bir Gkal uchun 560 ming so‘mdan 700 ming so‘mga ko‘tariladi.

Kiritildi: 05:47 20.08.2025. O'qildi: 1578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!