Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

10 nafar ayol taniqli qo‘shiqchini jinsiy zo‘ravonlikda aybladi

10 nafar ayol taniqli qo‘shiqchini jinsiy zo‘ravonlikda aybladi

Taniqli opera qo‘shiqchisi Placido Domingo "o‘nlab yillar davomida ro‘y bergan" jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan. Assoshieyted Pressning xabar berishicha, o‘n nafar ayol qo‘shiqchining ustidan shikoyat qilgan.

Sakkizta qo‘shiqchi va bitta raqqosaning ta’kidlashicha, Domingo ularni rollar evaziga jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagan va " rad etilganida ularni professional ravishda jazolagan". Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tazyiq o‘ttiz yildan ko‘proq vaqt davomida, 1980 yillarning boshlarida Domingo rahbarlik lavozimlarida ishlagan opera kompaniyalarida sodir bo‘lgan. Agentlik tomonidan so‘roqqa tutilgan san’atkorlarning ta’kidlashicha, Domingo ularning yechinish xonasida, mehmonxonada va hatto truppa yig‘ilishida ham nomusiga tekkan. Yana o‘nlab ayollar qo‘shiqchining behayo va noo‘rin takliflarini eshitishgan.

Agentlikning deyarli barcha suhbatdoshlari ismini oshkor qilishni istamadi va faqat qo‘shiqchi Patrisiya Vulf ismini oshkor qilishga ruxsat berdi. Ta’kidlanishicha, ayollarning hech biri o‘z so‘zlaridan dalil keltira olmagan.

78 yoshli Domingo "30 yil oldingi voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan" barcha ayblovlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, bu bayonotlar noto‘g‘ri, bunday ayblovlar uni juda bezdirib yuborgan.

“Ishonchim komilki, mening barcha o‘zaro munosabatlarim doimo o‘zaro kelishuv asosida bo‘lgan va mamnuniyat bilan qabul qilingan. Meni taniydiganlar va men bilan birga ishlaganlar mening kimgadir zarar yetkazadigan, xafa qiladigan yoki xijolat qiladigan odam emasligimni biladilar", dedi xonanda.

 

Kiritildi: 14:01 13.08.2019. O'qildi: 6293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!