Qonun loyihasida inflyuyenser va veb-sayt egasi o‘zining akkaunti, ommaviy hamjamiyati yoki veb-sayti orqali reklama yoki daromad keltiruvchi boshqa faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ham nazarda tutilmoqda.
Atamalarga ham aniqlik kiritilmoqda. Xususan:
Inflyuyenser — onlayn-platformadagi o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda o‘n mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger.
Veb-sayt egasi — veb-saytdan foydalanish tartibini, shu jumladan ushbu veb-saytda kontent joylashtirish tartibini mustaqil ravishda belgilaydigan jismoniy yoki yuridik shaxs.