Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududlarga yo‘llagan ko‘rsatma xatiga ko‘ra, bayram munosabati bilan umumta’lim muassasalari xodimlariga mukofot to‘lanadi.
Qoidaga ko‘ra:
➖ mukofot miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75% igacha, ya’ni eng ko‘pi 953 250 so‘m qilib belgilangan, mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kamroq to‘lanishi ham mumkin.
➖ mukofot faqat o‘qituvchilarga emas, balki barcha xodimlarga (rahbariyat, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar) beriladi.