Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

1 noyabrdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yiladimi?

1 noyabrdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yiladimi?

Qonunchilikda 2024 yilning 1 noyabridan boshlab respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovni cheklash belgilangan. «Toza makon billing» dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan mazkur amaliyotni tatbiq qilish muddati kechiktirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan chiqindidan qarzi borlar to‘liq elektrdan uzilishi haqida xabarlar tarqaldi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan yangi «Toza makon billing» dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024 yil 31 oktyabr soat 23:50 dan 5 noyabr soat 23:50 gacha profilaktik ishlar olib borilishi ma’lum qilingan. Ushbu vaqt oralig‘ida barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘ladi.

«Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida ko‘pgina manbalarda chiqindi xizmatidan qarzi bor fuqarolar elektr energiyasidan ham uzilishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda», deyiladi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xabarida.

Ayni paytda esa qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyotini joriy etish bo‘yicha texnik ishlar olib borilyapti.

Chiqindidan qarzi borlar elektrdan uziladimi?
«Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmonida quyidagilar nazarda tutilgan edi:

2024 yilning 1 iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2024 yilning 1 noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2025 yilning 1 yanvaridan e’tiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovni amalga oshirish cheklanadi.
Qonunchilikda 1 noyabrdan boshlab 3 oy davomida chiqindi uchun pul to‘lamagan fuqarolarga elektr uchun to‘lovlarni amalga oshirishga cheklov kiritilgan. Texnik ishlar tugallanganidan keyin, bu norma amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!