Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

1 martdan mahkumlar va qarindoshlarining uchrashuv vaqtini Yagona portal orqali belgilash mumkin bo‘ladi

1 martdan mahkumlar va qarindoshlarining uchrashuv vaqtini Yagona portal orqali belgilash mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, bundan buyon o‘zbekistonliklar jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotgan yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini Yagona portal orqali belgilash imkoniga ega bo‘lishdi. Ushbu xizmatdan 2021 yilning 1 martidan foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, 2021 yil 15 oktyabrda qabul qilingan hukumat qarori bilan kelgusi yilning 1 martidan quyidagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ko‘rsatilishi belgilangan:

  • O‘zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;
  • chet davlatda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;
  • sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;
  • avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish.

Qaror bilan, shuningdek, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Kiritildi: 18:40 16.10.2021. O'qildi: 2240 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!