2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori bino va inshootlarni qurish hamda ob’ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida aytilgan.
2021 yil 1 martdan boshlab:
a) ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ob’ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda ob’ektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi;
b) quyidagilar:
v) loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi «Ekspert xulosalarining yagona reestri»ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspert xulosalari bundan mustasno.