Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

1 fevraldan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

A A A
1 fevraldan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

G‘alaba – Hayraton temir yo‘li bo‘ylab yuk yuboruvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Avval xabar berganimizdek, 2022 yil 26-30 dekabr kunlari Termiz shahrida o‘tkazilgan muzokaralar davomida 2023 yilning 1 fevraliga qadar Afg‘oniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich Afg‘on temir yo‘llari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha “Harakatlar rejasi” kelishilgan edi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Sogdiana trans” SHK va Afg‘on temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasida tomonlar bajaradigan ishlar ro‘yxati ikki tomonlama kelishilib, joriy yilning 27 yanvariga qadar yangi shartnoma imzolanishiga kelishilgan hamda tegishli bayonnoma imzolangan.

Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotkanligi sababli, 1 fevraldan boshlab Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilingan.

G‘alaba-Hayraton temir yo‘li qachon ochilishi haqidagi ma’lumotlar ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘li 2010 yilda qurilib, 2011 yildan boshlab Hayraton –Mozori Sharif temir yo‘lining barcha xizmatlari “So‘g‘diyona Trans” SHK tomonidan amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 23:54 31.01.2023. O'qildi: 3284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!