Rossiya Transport vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, yangi tartib hozircha tajriba tariqasida quyidagi joylarda joriy etiladi: Moskvadagi Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlari hamda Orenburg viloyatining Mashtakovo avtomobil chegara punkti.
Bu tartib Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, diplomatlar va ularning oila a’zolari uchun amal qilmaydi.
30 iyundan boshlab esa ushbu tartib Rossiyaning barcha chegara o‘tish punktlarida joriy etiladi.