Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

1 apreldan Yunusobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi maktablar an’anaviy dars jarayonlariga qaytadi

A A A
1 apreldan Yunusobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi maktablar an’anaviy dars jarayonlariga qaytadi

Yunusobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi maktablarda an’anaviy dars jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahror Sultonov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning 1 aprelidan poytaxtning Yunusobod, Chilonzor hamda Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida ham an’anaviy dars jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

16 martdan Toshkent shahrining uchta tumani - Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha maktablar onlayn rejimga o‘tkazilgandi.

Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablarida 16 martdan boshlab o‘quv rejasida belgilangan ta’tilga qadar onlayn o‘qitish rejimiga o‘tish belgilab berilgandi.

Kiritildi: 18:07 31.03.2021. O'qildi: 2372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!