Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

1 apreldan pensionerlar metrodan bepul foydalanishi mumkin, faqat...

1 apreldan pensionerlar metrodan bepul foydalanishi mumkin, faqat...

Joriy yilning 1 aprel sanasidan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatish vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, buning uchun pensiya oluvchi yo‘lovchilar metro xizmatidan foydalanish vaqtlarida shaxsiy pensionerlik guvohnomasini metro xodimiga taqdim etishi lozim.

«Metro xizmatidan foydalanish vaqtida o‘zingiz bilan pensionerlik guvohnomangizni olishni unutmang», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 1 apreldan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bu haqda prezidentning 15 mart kuni tegishli qarori qabul qilindi.

Toshkent metropolitenining mazkur xizmatlarni ko‘rsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari O‘zbekiston davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.

Kiritildi: 20:39 27.03.2023. O'qildi: 1687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!