Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp o‘z jamoasiga Eronni uzoq muddatli dengiz blokadasiga olishni buyurdi — WSJ

Tramp o‘z jamoasiga Eronni uzoq muddatli dengiz blokadasiga olishni buyurdi — WSJ

​The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Donald Tramp Eron portlarini to‘sib qo‘yish orqali mamlakat iqtisodiyoti va neft eksportiga bosimni davom ettirishga qaror qilgan.

​AQSh prezidenti harbiy zarbalarni qayta boshlash yoki mojarodan chiqishni xavfli deb hisoblab, blokada qilish qarorida to‘xtagan.

Nashrning yozishicha, bu jarayonning cho‘zilishi energiya narxlari oshishiga va Trampning reytingi pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Shunga qaramay, prezident Eronni "inqiroz" holatiga olib kelish uchun muddatsiz blokadani ma’qul ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh razvedkasi Tramp urushda g‘alaba qozonilganini e’lon qilgan taqdirda Tehronning ehtimoliy munosabatini o‘rganmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Qo‘shma Shtatlarning mojarodan chiqish oqibatlarini tahlil qilishdir, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:54 29.04.2026. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!