"Bu yilgi harbiy paradda Suvorov va Naximov harbiy bilim yurtlari, kadetlar korpuslari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, harbiy texnika kolonnasi joriy operativ vaziyat tufayli ishtirok etmaydi", deb ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Shu bilan birga, paradda samolyotlar ishtirok etishi kutilmoqda.
27 aprel kuni bu haqda siyosatshunos Yekaterina Shulman va jurnalist Aleksandra Prokopenko ham yozgan edi. Ular paradning davomiyligi qisqartirilishi va harbiy texnikalar qatnashmasligini ma’lum qilishgan. "Targ‘ibot mashinasi buning dronlarga hech qanday aloqasi yo‘qligini da’vo qiladi", — deb qayd etdi Prokopenko.
Moskvadagi G‘alaba paradi oxirgi marta 2007 yilda harbiy texnikalarsiz o‘tkazilgan edi.