Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III AQSh Kongressida tarixiy nutq so‘zladi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III AQSh Kongressida tarixiy nutq so‘zladi

Qirol o‘z chiqishida Ukrainani himoya qilish uchun qat’iy qadamlar tashlash zarurligini ta’kidladi. U ikki davlat ittifoqini "tarixdagi eng muhim alyanslardan biri" deb atab, Qo‘shma Shtatlarni yakkalikka intilish chaqiriqlariga uchmaslikka undadi. Charlz III nafaqat Yevropa, balki Yaqin Sharqdagi nizolar ham butun dunyo uchun jiddiy sinov ekanini qayd etdi.

Bugungi dunyo 1991 yildagiga qaraganda ancha xavfli va beqaror ekanini qayd etgan qirol, Buyuk Britaniya zamonaviy tahdidlarga qarshi turish uchun Sovuq urush davridan beri mudofaa byudjetini eng yuqori darajaga oshirishini e’lon qildi.

Nutqda 11 sentyabr voqealari va NATO'ning 5-moddasi doirasidagi hamkorlik alohida eslatildi. Ushbu chaqiriqlar Tramp ma’muriyati Ukrainaga yordamni to‘xtatib, Kiyevdan qo‘shinlarni olib chiqishni taklif qilayotgan bir vaqtda yangradi. Qirolning yarim soatlik nutqi davomida kongressmenlar uni tik turib olqishlashdi.

Kiritildi: 12:25 29.04.2026. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!