Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft sotib oladi

Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft sotib oladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush va Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi muammolar sababli Janubiy Koreya energiya manbalarini kengaytirmoqchi.

"Biz Qozog‘iston bilan ijobiy kelishib oldik, shuning uchun kelasi hafta boshida qancha neft sotib olishimizni va qolgan tafsilotlarni aniq ayta olamiz", – dedi mamlakat sanoat vaziri Kim Chon Kvan.

Hozirda Janubiy Koreya neft importining 70 foizi Yaqin Sharqqa bog‘lanib qolgan. Shuningdek, Koreya o‘tgan oyda BAAdan 24 million barrel xom neft yetkazib berish va’dasini olgan edi.

Sanoat vaziri Qozog‘istondan xomashyo olib kelish muddati AQSh bilan bir xil (50-60 kun) ekanini va bu uzoq muddatli barqarorlik uchun muhimligini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:22 12.04.2026. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!