19 fevral kuni Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan asos solingan Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qatnashgan yetakchilar G‘azo uchun o‘zlarining yordam takliflarini ma’lum qildi.
🇺🇿 O‘zbekiston: G‘azoda turar joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va kasalxonalar barpo etishga hissa qo‘shishga tayyor.
🇺🇸 AQSH: Chegaralarda tinchlikni ta’minlash uchun 10 milliard dollar ajratishga va’da berdi.
🇦🇪 Birlashgan Arab Amirliklari: Tinchlik Kengashiga 1,2 milliard dollar ajratishga va’da berdi.
🇶🇦 Qatar: Tinchlik Kengashiga 1 milliard dollar ajratishga va’da berdi.
🇸🇦 Saudiya Arabistoni: Yaqin yillar davomida Tinchlik Kengashiga 1 milliard dollar ajratishga va’da berdi.
🇮🇩 Indoneziya: G‘azo uchun xalqaro xavfsizlik kuchlari tarkibiga 8 ming yoki undan ortiq harbiy xizmatchi ajratishga tayyor.
🇰🇿 Qozog‘iston: Kechiktirmasdan Tinchlik Kengashiga sezilarli miqdorda mablag‘ ajratishga, shuningdek, oziq-ovqat yordami paketi doirasida bug‘doy yetkazib berishga tayyor.
🇧🇭 Bahrayn: G‘azo uchun samarali davlat raqamli xizmatlari platformasini yaratish maqsadida zarur infratuzilma va mutaxassislik ko‘nikmalarini taqdim etishga tayyor.
🇪🇬 Misr: Mintaqa ichida xavfsizlikni ta’minlash uchun falastinlik polisiya xodimlarini tayyorlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi.
🇷🇴 Ruminiya: Favqulodda xizmatlar, maktablar hamda polisiya va adliya tizimi kabi institutlarni qayta tiklashda yordam berishga tayyor.
🇹🇷 Turkiya: Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini tiklashga, polisiyani tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shishi, shuningdek Xalqaro barqarorlashtirish kuchlariga harbiylar ajratishga tayyor.
🇲🇦 Marokash: Polisiya xodimlarini yuborish va G‘azodan bo‘lgan polisiyachilarni tayyorlashga, shuningdek, harbiy dala shifoxonasini joylashtirishga tayyor.