Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyaning Ukraina tomonidan Putinni qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapman — Tramp

Rossiyaning Ukraina tomonidan Putinni qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapman — Tramp

AQSh prezidenti bu haqda Air Force One samolyoti bortida matbuot vakillari bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.

Jurnalistlardan biri Trampga savol berar ekan, u Ukrainaning Putin qarorgohiga zarba bergani haqidagi xabarlardan “juda g‘azablangani”ni esladi. "Men bu zarba berilganiga ishonmayman", — deya javob qaytardi Tramp.

Oq uy rahbari nima uchun hujumdan so‘ng darhol shunday ruhda fikr bildirgani haqidagi savolga Tramp shunday javob berdi: "Chunki o‘sha paytda hech kim hech narsani bilmasdi. Bu haqda men birinchi marta eshitgan narsa shu edi. Putin uyimga hujum qilindi, dedi. Biz ma’lumotni tekshirganimizda bunga ishonmadik, lekin o‘shanda bu haqda umuman birinchi bor eshitganimiz shu edi".

Shuningdek, Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun oxirgi muhlat yo‘qligini, biroq u mojaro tezroq yakunlanishiga umid qilishini aytdi.

Rossiyaning Ukraina Putinni Valdaydagi rezidensiyasiga hujum qilishga uringani haqidagi bayonotlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShga tashrif bilan kelgan va u yerda prezident Donald Tramp bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini muhokama qilayotgan paytda yangragan.

"Ular qandaydir rezidensiya hujumga uchradi deb bayonot qilib, shunchaki Ukraina poytaxtiga va davlat binolariga zarba berish uchun zamin tayyorlayapti. Moskva tinchlik muzokaralaridagi ilgarilashga xalal bermoqchi", — deya ta’kidlagandi Zelenskiy.

1 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vazirligi idora ixtiyorida Vladimir Putinning Valdaydagi rezidensiyasiga “hujumda qatnashgan ukrain dronlari”dan birining kontrolleri borligini va uni AQShga topshirganini bildirgandi. Ammo Vashington bunga munosabat bildirmagan.

Kiritildi: 17:40 05.01.2026. O'qildi: 1559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!