Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Venesuela neftiga nisbatan embargoni davom ettirmoqda

AQSh Venesuela neftiga nisbatan embargoni davom ettirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Venesuela neftiga bo‘lgan embargoni Amerikaning barcha talablari bajarilmaguncha saqlab qolishini aytdi.

Amerika yetakchisi Karakasga aviazarbalar uyushtirilgani hamda Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi ortidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Tramp esa qanday talablarni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi.

"Venesuela yetakchilari Maduro bilan sodir bo‘lgan voqea ularning boshiga tushishi mumkinligini tushunishlari kerak", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Bosh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn, AQSh harbiylari operasiyada F-35 va F-22 qiruvchi samolyotlari hamda B-1 bombardimonchi samolyotlaridan foydalanganini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:45 04.01.2026. O'qildi: 1253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!