AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Venesuelada "hokimiyatning tartibli o‘tishini" amalga oshirmaguncha qolishini aytdi.
Oq uy rahbari bu haqda Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Biz bu mamlakatni hokimiyat xavfsiz, tartibli va to‘g‘ri almashguncha boshqaramiz.
Biz kimdir shunchaki Prezident Nikolas Maduro o‘rnini bosishi va xuddi shu narsa bilan yakunlanishini istamaymiz", dedi Tramp. U Vashington hujumlarning ikkinchi to‘lqinini boshlashi mumkinligini ta’kidladi: “Bu kattaroq bo‘ladi va biz tayyormiz”.