AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan suhbatini juda samarali deb atadi.
"Bugun ertalab men juda yaxshi suhbatlashdim. Ertalabgacha kutdim, chunki biz tugatganimizda Rossiyada ancha kech edi – 2:30 bizning vaqt bilan soat 8:00 da gaplashdik va bu juda samarali suhbat bo‘ldi", - dedi Tramp.
AQSh prezidentining qayd etishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishi uchun hali bir qancha murakkab masalalar hal qilinishi kerak.
Tramp, shuningdek, Vashington Ukrainaning Rossiya yetakchisining Novgorod viloyatidagi qarorgohiga bergan zarbasi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritayotganini ham ma’lum qildi.