Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tanzaniyada saylovdan keyingi norozilik namoyishlarida 700 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Tanzaniyada saylovdan keyingi norozilik namoyishlarida 700 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Tanzaniyada prezidentlik saylovlaridan keyin ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Muxolifat faollar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi uch kunlik to‘qnashuvlarda 700 ga yaqin odam halok bo‘lganini da’vo qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Norozilik namoyishlari mamlakatning eng yirik shaharlari, jumladan, poytaxt Dar as-Salomga ham yoyilgan. Namoyishchilar, asosan yoshlar, muxolifatning asosiy nomzodlari diskvalifikasiya qilingani sababli ovoz berishni boykot qildi. Tanzaniya armiyasi boshlig‘ining talablariga qaramay, norozilik namoyishlari juma kuni davom etdi va polisiya va harbiylar bilan to‘qnashuvlar bilan yakunlandi.

Muxolifat partiyasi CHADEMA vakili Jon Kitokaning ta’kidlashicha, partiya chorshanba kunidan beri tibbiyot xodimlarining hisobotlariga asoslanib, 700 ga yaqin o‘limni hujjatlashtirgan.

Tanzaniya Tashqi ishlar vaziri Mahmud Kombo Sobit namoyishchilar bilan to‘qnashuvlarni alohida hodisa deb atadi va xavfsizlik kuchlarini tezkor va qat’iy javob uchun maqtadi. U mamlakatda internetning to‘liq o‘chirilishi tartibsizliklarni to‘xtatish uchun zarur chora sifatida baholadi.

Avvalroq, 29 oktyabr kuni, prezidentlik saylovlaridan keyingi norozilik namoyishlari ortidan Tanzaniyaning eng yirik shahri Dar as-Salomga qo‘shinlar kiritilgan edi.

Kiritildi: 11:20 01.11.2025. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!