29 oktyabr kuni “Jan-Buan” stadionida Fransiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Parij” – “Lion” uchrashuvi (3:3) vaqtida Luvrni talon-taroj qilishda gumon qilingan to‘rt kishi qo‘lga olindi.
Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, operasiya banditlikka qarshi brigada xodimlari tomonidan amalga oshirilgan.
Hibsga olish 19 oktyabr kuni sodir bo‘lgan talonchilik bo‘yicha tergovning yangi bosqichining bir qismidir. Muzeydan taxminan 88 million yevro qiymatidagi zargarlik buyumlari o‘g‘irlangan, uning qayerda ekanligi noma’lumligicha qolmoqda. Jinoyat sodir etgan joyda hozir bo‘lgan ikki nafar gumonlanuvchi avvalroq ushbu ish yuzasidan qo‘lga olingan edi.
Parij prokuroriga ko‘ra, ishda 100 dan ortiq tergovchilar ishtirok etmoqda. Tergov jinoiy guruhning tayyorgarlik ishlarini ham, haqiqiy operasiyalarini ham qamrab oladi.