Bugun 30 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etildi

Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etildi

Hukumat qarori (672-son, 24.10.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashining faoliyatini tashkil etish hamda tadbirkorlik sub’ektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish tartibini belgilaydi.

✅ Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi, jumladan:

🔹 tadbirkorlik sub’ektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;

🔹 soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qo‘llanishini o‘rganish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

🔹 soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish.

✍️ Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.

❇️ Kengash majlislari bir oyda kamida ikki marta o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:00 27.10.2025. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!