Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShda Trampga qarshi namoyish boshlandi

AQShda Trampga qarshi namoyish boshlandi

AQShning deyarli barcha shtatlarida 18 oktyabr kuni prezident Donald Trampga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Butun mamlakat bo‘ylab 2,500 dan ortiq hududlarda mitinglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Namoyishlar “No Kings” (“Qirollar kerak emas”) deb nomlangan bo‘lib, so‘l qanot koalisiyasi tomonidan uyushtirilmoqda. Ular iyun oyida ham butun AQSh bo‘ylab 5 milliondan ortiq odamni mitinglarga jalb qilgan edi. Tashkilotchilar Trampni avtoritarizmga intilishda ayblamoqda.

“Prezident o‘zini mutlaq hokim deb hisoblaydi. Ammo mamlakatimizda qirollar bo‘lmagan. Biz zo‘ravonlik, korrupsiya hamda tartibsizlikka qarshi kurashdan to‘xtamaymiz”, deyiladi “No Kings” harakati saytida.

Respublikachilar esa bu namoyishlarni tanqid qilmoqda. Tramp tarafdorlari aksiyani “Amerikani yomonlash namoyishi” deb atamoqda. Ba’zi shtatlar gubernatorlari Milliy gvardiyani tayyor holatga keltirgan.

Kiritildi: 23:56 18.10.2025. O'qildi: 1942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!