Bu haqda Yle xabar bermoqda.
Laxti shahri hududida juda qalin tuman va nol harorat natijasida trassada sezilar-sezilmas muzlama paydo bo‘lgan. Sirpanchiq yo‘l va yomon ko‘rinish sharoitida o‘nlab avtomobillar ishtirokida bir qator "zanjirli" YTHlar sodir bo‘ldi.
Polisiya ma’lumotlariga tayanib xabar qilinishicha, avariyaga to‘satdan yuzaga kelgan kuchli tuman va muzlamalar sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 12 kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lum qilinishicha, avariyaga Yle jurnalisti ham uchragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tuman juda kutilmaganda tushgan va yo‘l darhol muz maydoniga aylangan.