Gavayidagi Kilauea vulqonida rekord darajadagi lava otilishi kuzatilmoqda Bu haqda Hawaii News xabar bermoqda.
Telekanalning AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, lava favvoralari balandligi 450 metrga yetgan.
Mutaxassislarga ko‘ra, lava otilishi bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. 2018 yilda Kilauea maydan avgustgacha otilib, 700 dan ortiq uyni yo‘q qilgan edi.
Bu 2024 yil dekabr oyidan beri sodir bo‘lgan 35-otilishdir.