Milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi Jon Bolton kamida 18 ta band bo‘yicha maxfiy ma’lumotlarni noto‘g‘ri ishlatganlikda ayblanmoqda.
Bu haqda adliya vazirligi bayonotida ma’lum qildi.
Aniqrog‘i, u sakkizta maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berishda, shuningdek, o‘nta hujjatni noqonuniy saqlashda gumon qilinmoqda. Agar aybdor deb topilsa, har bir bo‘lim 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Bayonotga ko‘ra, prezidentning sobiq yordamchisi maxfiy hujjatlarni shaxsiy elektron pochta va o‘zining xabar almashish akkauntlari orqali uzatgan. Ushbu materiallarda AQSh harbiylarining hali amalga oshirilmagan operasiyalari haqidagi maxfiy ma’lumotlar, shuningdek, AQShning dushmanlari, xorijiy rahbarlar va AQSh ma’muriyatining tashqi siyosati haqidagi ma’lumotlar mavjud edi.