Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya har doim suriya xalqi manfaatlarini himoya qilib kelgan

Rossiya har doim suriya xalqi manfaatlarini himoya qilib kelgan

Vladimir Putin ilk bor Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashdi. Bu o‘tgan yilning oxirida Suriyada hokimiyat almashganidan keyingi Rossiya va Suriya o‘rtasidagi birinchi oliy darajadagi muzokaralar hisoblanadi.

Putin Suriya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar har doim do‘stona bo‘lganini ta’kidladi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada vaziyat og‘ir bo‘lsa-da, yaqinda o‘tgan parlament saylovlari mamlakatda siyosiy kuchlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasidagi 80 yillik diplomatik aloqalar haqida gapirdi va Rossiya har doim suriya xalqi manfaatlarini himoya qilib kelganini qayd etdi.

Axmad ash-Sharaa esa Putinga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiyani "yangi Suriya"ni qurishda muhim o‘rin tutadigan sherik sifatida ta’rifladi. U Moskva va Damashq o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqishini ta’kidladi.


Kiritildi: 21:55 15.10.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!