13 oktyabr kuni kema 20 kunlik yo‘ldan so‘ng Angliyaning sharqidagi Felikstou portiga yetib keldi. Bu — Xitoyni Yevropaga bog‘laydigan yangi “Arktika ekspress-marshruti” bo‘lib, u tovar yetkazib berish vaqtini keskin qisqartiradi.
Qiyos uchun:
— Temiryo‘l orqali Xitoy–Evropa yo‘li — 25 kun,
— Suvaysh kanali orqali — 40 kun,
— Afrika atrofidan — 50 kun.
Ninbo-Chjoushan portidan chiqqan Istanbul Bridge qariyb 4 ming konteyner olib kelgan va Britaniya, Germaniya, Polsha hamda Niderland portlariga yuk tushiradi.