Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniya yoshlari majburiy harbiy xizmatni qayta tiklashga qarshi chiqmoqda

Germaniya yoshlari majburiy harbiy xizmatni qayta tiklashga qarshi chiqmoqda

"DW" telekanali tomonidan e’lon qilingan Forsa so‘roviga ko‘ra, Germaniya yoshlari majburiy harbiy xizmatni qayta tiklashga qarshi chiqmoqda.

Harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin bo‘lgan 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 63% bu tashabbusga salbiy munosabatda. Shu bilan birga, chaqiriqqa tushmaydigan 60 yoshdan oshgan fuqarolarning 61% uning joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Umuman olganda, nemislarning 54% majburiy xizmatni qaytarish tarafdori, 41% qarshi va 5% hali qaror qilmagan.

Bu masala bo‘yicha "ARD" efiridagi qizg‘in bahslar Germaniya kansleri Mersning reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 21:35 15.10.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!