Vengriya tashqi ishlar vaziri bugun, 15 oktyabr kuni Moskvaga tashrifi chog‘ida Vengriya Rossiya energiyasidan mahrum qilinsa, zarar ko‘rishini ta’kidladi va mamlakat energiya ta’minoti bo‘yicha qarorlar qabul qilishda tashqi bosimni qabul qilmasligini yana bir bor uqtirdi.
Siyyarto Moskvada jurnalistlarga bergan intervyusida energiya ta’minoti masalasida Budapesht uchun milliy manfaat ustuvor ekanligini aytdi.
"Rossiya bizga hech qachon pand bermagan. Yetkazib berish doim o‘z vaqtida bo‘lgan... Shartnomalar har doim hurmat qilingan. Mening savolim shuki, nima uchun bu munosabatlarni uzishimiz kerak?", — dedi Vengriya TIV rahbari.