Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Ukrainaga Zaparoje AES atrofida mahalliy darajada otashkesim rejimini joriy etishni taklif qilmoqda — “RIA Novosti”

 Rossiya Ukrainaga Zaparoje AES atrofida mahalliy darajada otashkesim rejimini joriy etishni taklif qilmoqda — “RIA Novosti”

Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Mixail Ulyanov “RIA Novosti” nashriga bergan intervyusida 2022 yilda Rossiya tomonidan bosib olingan va uch haftadan beri favqulodda dizel generatorlarida ishlab kelayotgan Zaparoje atom elektr stansiyasining tashqi elektr ta’minotini tiklash uchun ushbu hududning o‘zida o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi.

U ta’mirlash ishlari shu hafta oxirigacha boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 23 sentyabr kuni Zaporoje AESda tashqi elektr ta’minoti uzilgan edi. Moskva bunda Ukraina tomonidan amalga oshirilgan o‘qqa tutishlarni, Ukraina esa aksincha, Rossiyani o‘zini ayblamoqda.

“Rossiya hujumlari tufayli stansiya elektr ta’minotidan uzildi. Hozirda u dizel generatorlari yordamida elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda. Bu favqulodda holat. Generatorlar va stansiya bu kabi vaziyatga mo‘ljallanmagan va hech qachon ushbu rejimda bunchalik uzoq vaqt ishlamagan", – dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

Ma’lumot uchun, Yevropadagi eng yirik AES hisoblangan Zaparoje AES ayni paytda elektr energiyasi ishlab chiqarmayapti, ammo uning sovitish nasoslari ishlashi uchun ham elektr energiyasi zarur. Aks holda qizib ketgan reaktor portlashi va Fukusima yoki Chernobilda sodir bo‘lgani kabi halokat yuzaga kelishi mumkin.

Kiritildi: 16:22 15.10.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!